{

Loading...

“ SILK ROAD PROJECT ” MChJ HАQIDА

“ SILK ROAD PROJECT ” MChJ oʼz faoliyatini 2016 yildan boshlagan. Tashkilot asosan avtomobil yoʼllari, koʼpriklar, yoʼl oʼtkazgichlar, sunʼiy inshootlar, bino va inshootlar xamda yoʼl infratuzilmasidagi boshqa obʼektlarni loyixalashtirish bilan shugʼullanib kelmoqda.

Tashkil etilganiga uncha koʼp vaqt oʼtmagan boʼlsada, bugungi kunga kelib, tashkilot nafaqat Fargʼona viloyatida balki Respublika miqyosidagi yoʼl va koʼpriklarni loyixalovchi tajribali va nufuzli tashkilotlardan biri xisoblanadi.

Tashkilot tashkil etilgandan buyon bir qancha loyixa-smeta xujjatlari ishlab chiqilgan boʼlib, ulardan ayrimlari kuyidagilardan iborat:

- Fargʼona viloyati Oʼzbekiston tuman markaziy koʼchalarini toʼla taʼmirlash - 1.8 km.

- Fargʼona viloyati Sux tuman markaziy koʼchalarini toʼla taʼmirlash - 2.0 km.

- Fargʼona viloyati Kuva tuman markaziy koʼchalarini toʼla taʼmirlash -2.0 km.

- Sux tumanidagi 4N-977 “Qizilqiyoq q.-Sharqobod q.” avtomobil yoʼlining 7,5km qismida (Soʼx daryosi ustida) joylashgan koʼprikni qayta qurish. Koʼprik uzunligi 72 metr.

- Kuva tumanidagi 4R140 "Margʼilon sh. - Quva sh. - Marxamat sh. - Аravon q." avtomobil yoʼlining 33,4 km. dagi Yoʼl oʼtkazgichni toʼla taʼmirlash. Koʼprik uzunligi 120 metr.

- А373 "M-39 avtoyoʼli - Guliston - Boʼka - Аngren - Qoʼqon va Аndijon orqali - Oʼsh" avtomobil yoʼlining "Аngren" koʼmir konini aylanib oʼtuvchi 9 km uzunlikdagi avtomobil yoʼlini qurish.

    Bundan tashkari Fargʼona, Margʼilon, Qoʼqon shaxarlari va Fargʼona viloyati xududidagi shaxar va tuman markazlaridagi avtomobil yoʼllari xamda koʼpriklarni rekonstruktsiya qilish, qurish va taʼmirlash uchun loyixa-smeta xujjatlari ishlab chikilgan.

    Xozirgi davrda tashkilot Xalqaro axamiyatga ega boʼlgan M-41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yoʼlining 1459-1485 km qismini rekonstruktsiya qilish, koʼprik va boshqa yoʼl xoʼjaligi obʼektlarini loyixalashtirishda faol ishtirok etmokda.

    Shuningdek, tashkilot yul xoʼjaligidagi yirik qurilishlar, bino va inshootlarni qurishda muxandislik-kidiruv ishlari, texnik nazorat, qurilishni tashkil etish boʼyicha konsalting xizmatlarini amalga oshiradi. 
 

    Tashkilotda Аvtomobil yoʼllarini loyixalash boʼlimi, Muxandislik-qidiruv boʼlimi, bino va inshootlarni loyixalash boʼlimi xamda Xarajatlarni xisoblash boʼlimi faoliyat yuritib kelmoqda.

    10-15 yildan oshiq ish tajribasiga ega muxandis va mutaxassis xodimlar soni 25 nafarni tashkil etadi.

    Tashkilotnning barcha boʼlimlari zamonaviy orgtexnika vositalari va loyixa-smeta xujjatlarini ishlab chiqishda qoʼllaniladigan dasturiy taʼminotlar bilan taʼminlangan. Loyixa-smeta xujjatlari asosan “Credo-Dialogue”, “IndorCad” va “ABC-UZ” dasturiy taʼminotlar yordamida amalga oshiriladi. Muxandislik-qidiruv ishlarini amalga oshirishda “LEICA” firmasining zamonaviy uskunalaridan foydalaniladi.

    Barcha faoliyat turlarini amalga oshirish uchun tegishli Litsenziyalar mavjud.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bizning jamoa

Azamov Abrorxon Hayrullayevich
Direktor
M'lumoti: Oliy
Ish Tajribasi: 14 yil
Boltaboyev Hamidjon G'ulomjonovich
Texnik bo'lim boshlig'i
M'lumoti: Oliy
Ish Tajribasi: 20 yil
Normirzaev Hotamjon Shermatov
Muhandis loyihachi
M'lumoti: Oliy
Ish Tajribasi: 32 yil
Jo'raev Fayzullo Hayrullaevich
Loyiha bosh muhandis
M'lumoti: Oliy
Ish Tajribasi: 12 yil
Boymurodov Marufjon Nematovich
Muhandis loyihachi
M'lumoti: Oliy
Ish Tajribasi: 21 yil
Ismailova Olga Romanovna
Smeta tuzuvchi
M'lumoti: Oliy
Ish Tajribasi: 23 yil
Homidjonov Umidjon Mamasiddiqovich
Muhandis geodezist
M'lumoti: Oliy
Ish Tajribasi: 14 yil
Madaminov Otamurod To'lqinovich
Geodezist
M'lumoti: Oliy
Ish Tajribasi: 13 yil

Top Project provides first-class
construction solutions to clients worldwide.