O‘zbekiston tumani Ibn Sino ko‘chasining 1,8km qismini obodonlashtirish
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Ibn Sino ko‘chasining 1,8km qismini obodonlashtirish (yo‘llarni obodonlashtirish, tungi yoritish chiroklari o‘rnatish, piyodalar va velosiped yo‘laklarini kurish va obodonlashtirish ishlari) ishchi loyixasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 oktabrdagi PQ 4864-sonli hamda 2020 yil 28 dekabrdagi PQ 4936-sonli qarorlariga asosan “SILK ROAD PROJECT” MCHJ tomonidan 2021 yilda ishlab chiqildi.
Loyihalanishi lozim bo‘lgan ko‘cha qismining uzunligi 1,8km dan iborat bo‘lib, u O‘zbekiston TYFUK ga qarashli umumfoydalanishdagi 4K-923 «Yaypan sh.-Rapqon q.- Beshariq sh. - Chilmahram k.» avtomobil yo‘lining 1,2-3,0km qismi joylashgan.
Avtomobil yo‘li texnik ko‘rsatkichlari quyidagicha:
- loyihaviy yo‘lning texnik toifasi – tuman axamiyatiga ega magistrallar;
- loyihaviy yo‘lning to‘liq uzunligi – 1,8km;
- yo‘l poyining kengligi:
PK0+00 dan PK 3+00 gacha – 24,6m;
PK3+00 dan PK 18+00 gacha – 19,1m.
- qatnov qismining kengligi: PK0+00 dan PK 3+00 gacha 4x3,75m;
PK3+00 dan PK 18+00 gacha 2x3,75m.
- qatnov qismi tashqi tomonidagi xavfsizlik tasmasi kengligi – 2x0,75m;
- piyodalar yulkasi kengligi – 1,5m;
- velosiped yulkasi kengligi – 1,5m;
- ko‘kalamzor enlam kengligi – 2,0-3,0m ;
- temir beton ariq (lotok LK-6) kengligi – 0,6m.