{

Loading...

“Angren” ko‘mir konini aylanib o‘tuvchi avtomobil yo‘lini qurish

        A-373 “M39 avtoyo‘li- Guliston- Bo‘ka- Angren- Qo‘qon va Andijon orqali - O‘sh” avtomobil yo‘lining “Angren” ko‘mir konini  aylanib o‘tuvchi 9 km uzunlikdagi  avtomobil yo‘lini qurish (1-uchastka  PK0+00-PK30+00)  ishchi loyixasi buyurtmachi - “Umumiy  foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini  qurish  va  rekonstruksiya  qilish  direksiyasi” DUK ning loyiha topshirig‘iga ishlab  chiqildi. 
         Ma’lumki, A-373 avtomobil yo‘li “O‘zbek milliy avtomagistrali” ning bir qismi bo‘lib,  respublikamizning janubiy hamda shimoliy sharqiy viloyatlarini Kamchiq  dovoni orqali Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Qo‘qon, Andijon shaharlari orqali qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi va Xitoy davlatlari bilan bog‘lovchi  yagona transport koridori hisoblanadi. 
Mustaqillik yillarida respublikamiz viloyatlari hamda qo‘shni davlatlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy hamda savdo-sanoat aloqalarning kengayishi natija- sida ushbu yo‘ldan harakatlanuvchi transport vositalarining soni keskin ortib, yo‘lning transport-ekspluatatsiya ko‘rsatkichlarini yaxshilashni hamda yo‘l infra- tuzilma obyektlarini  rivojlantirishni taqozo etmoqda. 

        Xususan, respublikamizning yirik sanoat shaharlaridan biri hisoblangan Angren shahrida  so‘nggi  yillarda “Angren”  erkin iqtisodiy zonasining barpo etilishi, shahar  hududida Angren  IES ning yangi bloklari ishga tushirilib,  yangi  sanoat korxonalarining bosqichma-bosqich ishga tushirilayotganligi Angren ko‘mir konidan “ko‘mir” ashyosini qazib olish sur’atlarining ortishiga olib keldi. Bu o‘z  navbatida ko‘mir koni havzasi chegarasining A-373 avtomobil yo‘li tomonga siljishiga va  yaqin  kelajakda ko‘mir konini aylanib o‘tuvchi yangi yo‘l qismini qurish  zaruratini  hosil qildi. 
Hukumatimiz yuzaga kelgan ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida A-373 avtomobil yo‘lining Angren ko‘mir konini aylanib o‘tuvchi  qismini qurish  haqida qaror qabul qildi.
1.    QURILISH UCHASTKASINING TAVSIFNOMASI
    Loyixalanayotgan avtomobil yo‘li xalkaro axamiyatga ega bo‘lib, boshlanish qismi Angren shahrining chiqish qismida, asosiy qismi Toshkent viloyatining Ohangaron tumanining janubiy-sharqiy xududida joylashgan. Shundan bir qismi qir adirliklardan,  boshqa qismi tog‘  yon-bag‘irlaridan o‘tadi. 
Qurilishi  belgilanayotgan  yo‘l qismi  mavjud A-373  “M39 avtoyo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali - O‘sh” avtomobil yo‘lining 108-116 km (185-193km) lar oralig‘ida rejalangan.

Asosiy texnik  ko‘rsatkichlar  quyidagilardan  iborat:
-    Loyihaviy yo‘l uzunligi  - 3,0 km;
-    Texnik toifasi  -  I b;
-    Hisobiy harakat tezligi  -  70 km/soat;
-    Yo‘l poyining kengligi    -  25,25m;
-    Harakat tasmalari soni – 4 ta;
-    Qatnov qismining kengligi – 4 x 3,75m; 
-    Yo‘l yoqasining kengligi – 2 x 3,75m.

Top Project provides first-class
construction solutions to clients worldwide.