{

Loading...

M-41 "Bishkek-Dushanbe-Termiz" avtomobil yo‘lida transport yechimi qurish

M-41 "Bishkek-Dushanbe-Termiz" avtomobil yo‘lining 1461,5 km qismida transport yechimi qurish ishchi loyihasi tarkibida Transport yechimi qurilishi belgilangan joy Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani hududida joylashgan bulib, loyihaviy yo‘lning 1461,5km qismida chapga Sariosiyo tumani markaziga, o‘ngga Gulat qishlog‘iga olib boruvchi yo‘l kesishmasiga qurilishi belgilangan. Mustaqillik yillarida qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan savdo-sanoat aloqalarining kuchayishi natijasida mazkur yo‘ldagi transport jadalligi sezilarli ortishi natijasida yuqoridagi kesishmada ham transportlarning xavfsiz harakatlanishlarida muammolar ko‘paygan.
“SILK ROAD PROJECT” MCHJ mutaxassislari tomonidan M-41 "Bishkek-Dushanbe-Termiz" avtomobil yo‘lining 1461,5km qismidagi transport yechimi qurish obyekti loyihasini amalga oshirish uchun joyiga chiqib o‘rganib chiqildi. 
Ushbu joydagi kesishma “2 darajali yo‘l bilan kesishma” hisoblanganligi sababli asosiy M 41 avtomobil yo‘lini yuqori sathda, ya’ni yuqoridan yo‘l o‘tkazgich orqali o‘tkazish, yo‘l o‘tkazgich ostida xalqali orolcha va aylanma xarakatli yo‘l qurish orqali har 4 yo‘nalishga qaytib olish imkoniyatini hosil qilish, 2-darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqish-kirish uchun tezlanish-sekinlanish tasmalari qurish maqsadga muvofiq deb topildi.

Top Project provides first-class
construction solutions to clients worldwide.